Model Shaxrizoda Madaminova “Kelajak qanoti” xalqaro unvoni bilan taqdirlandi! (video)

Model Shaxrizoda Madaminova “Kelajak qanoti” xalqaro unvoni bilan taqdirlandi! (video)

O‘zbekistonlik model, aktrisa va tadbirkor Shaxrizoda Madaminova “Kelajak qanoti” xalqaro unvoniga sazovor bo‘ldi. U ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida ushbu yutuq bilan bog‘liq videoni e’lon qilib, e’tirofga muyassar bo‘lganidan xursandligini bildirdi.

Shaxrizoda Madaminova 2020 yildan buyon modellik sohasida faoliyat yuritib keladi. U shu vaqt davomida Livan, Turkiya, Ozarbayjon va Qozog‘iston kabi mamlakatlarda o‘tkazilgan xalqaro go‘zallik tanlovlarida ishtirok etgan.

Modelning avvalgi yutuqlari orasida 2024 yilda bo‘lib o‘tgan “World Next Top Model” tanlovida qo‘lga kiritgan “Miss Asia” unvoni ham bor. Shuningdek, u “Miss Earth Uzbekistan” sifatida ham tanilgan.

Bundan tashqari, Shaxrizoda Madaminova Hindistonda tashkil etilgan “Miss Ocean World 2024” xalqaro go‘zallik tanlovida hakam sifatida qatnashgan.

Navbatdagi xalqaro e’tirof esa uning faoliyatidagi yangi yutuqlardan biri bo‘ldi. Madaminova mazkur unvonni qo‘lga kiritganidan mamnun ekanini muxlislari bilan bo‘lishdi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar