18:13 / 08.04.2024
130

Garovdagi kombayn qarzdorlik evaziga sotish uchun xatlandi

Garovdagi kombayn qarzdorlik evaziga sotish uchun xatlandi
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Guliston tumanlararo sudining 29.05.2023 yildagi ijro varaqasiga asosan qarzdor “GULISTON AGRO NUR” MCHJdan undiruvchi AT “Xalq banki” Guliston filiali foydasiga 1 568 954 000 so‘m miqdorida kredit qarzdorligini undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati Byuroning Mirzaobod tumani bo‘limi ish yurituviga 13.11.2023 yilda kelib tushgan va ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror qabul qilinib, ijro harakatlariga kirishilgan.

"Majburiy ijro harakatlari davomida, garov mulki bo‘lgan “VEKTOR-110” rusumli g‘alla o‘rish kombayniga nisbatan qidiruv e’lon qilinib, davlat ijrochisining sa’y-harakatlari bilan ushbu avtotransport vositasi 28.11.2023 yilda topilib, jarima maydonchasiga joylashtirilgan", — deyiladi bo‘limning Davlat ijrochisi Mirzayev Doniyor xabarida.

Qayd etilishicha, olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida qarzdorlik bartaraf etilmaganligi sababli, ushbu garov mulklari elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Garovdagi kombayn qarzdorlik evaziga sotish uchun xatlandi