2024 yilning 21 aprel kuni 17:30 lar chamasida Surxondaryo viloyatining Boysun tumani Inkabod MFY hududidan o‘tuvchi mahalliy ahamiyatga ega avtomobil yo‘lning 7-kilometrida 1974 yilda tug‘ilgan haydovchi, boshqaruvidagi Damas avtomashinasida odam tashish qoidalariga amal qilmay 8 nafar yo‘lovchi bilan tuman markazi tomon bir necha kilometr tik nishablikda harakatlanishi natijasida transport vositasining tormoz tizimida nosozlik yuzaga keladi.
Oqibatda yo‘lning xavfli burulish qismiga yetib kelgach boshqaruvni yo‘qotib yo‘ldan chiqib ketib, shu yaqin atrofdagi hovli uylarning molxonasiga borib urilgan. Yo‘l-transport hodisasi natijasida avtomashina salonida bo‘lgan uch nafar voyaga yetmagan bolalar va 3 nafar ayollar vafot etib, haydovchi og‘ir tan jarohati bilan tuman shifoxonasiga yotqizilgan, deyiladi Surxondaryo YPX xabarida.
Hozirda holat yuzasidan Boysun tumani IIB Tergov guruhi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi