Foto: Videodan kadr
2024 yil 27 apreldan 28 aprelga o‘tar tunda O‘zbekistonning bir qator tog‘li hududlarida qor yog‘ib o‘tgan.
Jumladan, Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanida Maydanak observatoriyasi atroflarida, Jizzax viloyati Zomin tumanidagi yuqori dam olish maskanlarida va Qamchiq dovonidan o‘tgan avtomobil yo‘lining yuqori qismlarida qor yog‘gan.
O‘zgidrometning xabar berishicha, 27 aprel tunda Qamchiq dovonidagi dengiz sathidan 2,2 ming metr balandlikdagi “Qamchiq” meteorologik stansiyasida va Zomin tog‘larida havo harorati 0 darajagacha tushib ketgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga ko‘ra Qozog‘istonning Toshkent viloyati bilan chegaradosh bo‘lgan Jambil viloyatida 27 aprel kuni kunduzi qor yog‘gan.
O‘zgidrometga ko‘ra, 2024 yil 28 aprel kuni tongda O‘zbekistonning asosiy yirik shaharlarida havo harorati +4 dan + 9 darajagacha iliq bo‘lgan. Faqat Termiz va vodiy viloyatlaridagi shaharlarda harorat +10 darajadan yuqori bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi