Foto: Prezident matbuot xizmati
Anqara shahridagi Prezident saroyida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning tor doiradagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Davlat rahbarlari butun musulmon ummati uchun muqaddas bo‘lgan Qurbon hayiti bilan bir-birlarini samimiy qutladilar.
Muzokaralar davomida O‘zbekiston bilan Turkiya o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada kengaytirish, ko‘p qirrali hamkorlikni, avvalo, siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda chuqurlashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Hozirgi ikki tomonlama hamkorlik yuksak sur’atda davom etayotgani, barcha darajalardagi aloqalar va almashinuvlar shiddati mamnuniyat bilan qayd etildi.
O‘zaro tovar ayirboshlash va investitsiyalar ko‘rsatkichlari ortib bormoqda, qo‘shma loyihalar va korxonalar, aviaqatnovlar soni ko‘paymoqda. O‘zaro madaniy tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Tashrif arafasida biznes forumi muvaffaqiyatli o‘tkazilib, uning natijasida sanoat, "yashil" energetika, elektrotexnika, to‘qimachilik, farmatsevtika, qishloq xo‘jaligi va boshqa yo‘nalishlarda, shu jumladan, davlat-xususiy sheriklik dasturi doirasida yangi loyihalarning katta portfeli shakllantirildi.
Hukumatlar oldiga tovar ayirboshlashni 5 milliard dollarga yetkazish, jumladan, Imtiyozli savdo bitimi doirasida mahsulot turlarini kengaytirish vazifasi qo‘yildi. Istanbul shahrida O‘zbekistonning savdo vakolatxonasini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Davlat rahbarlari raisligidagi O‘zbekiston-Turkiya Ishbilarmonlar kengashini tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qilingani mamnuniyat bilan ta’kidlandi. Uning birinchi yig‘ilishi bugun bo‘lib o‘tadi.
Qishloq xo‘jaligi, suv resurslarini boshqarish va raqamlashtirish sohalarida o‘zaro manfaatli sheriklikni kengaytirish masalalari ham ko‘rib chiqildi.
Xavfsizlik va mudofaa, terrorizm, ekstremizm va radikalizmga qarshi kurashish sohasida hamkorlikni yanada mustahkamlash va muvofiqlashtirish zarurligi ta’kidlandi.
Tomonlar faol madaniy-gumanitar almashinuvlarni davom ettirishga kelishib oldilar. Ta’lim, sog‘liqni saqlash, turizm va sport sohalarida hamkorlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Ikki davlat fuqarolarining bordi-keldisi uchun eng qulay sharoitlarni yaratish zarurligiga alohida e’tibor qaratildi.
O‘zbekiston va Turkiya rahbarlari, shuningdek, mintaqaviy va xalqaro kun tartibining dolzarb masalalarini, jumladan, Afg‘onistondagi vaziyatning rivojlanishini ham ko‘rib chiqdilar. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?