Prezident tomonidan “Elektr energetikasi to‘g‘risida”gi qonun imzolandi. Qonun elektr energetikasi sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi.
Elektr energetikasi sohasini davlat tomonidan tartibga solishni quyidagilar amalga oshiradi:
➖Vazirlar Mahkamasi;
➖Energetika vazirligi;
➖Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi;
➖Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi;
➖mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari.
Vazirlar Mahkamasi elektr energetikasi sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlaydi.
Energetika vazirligi elektr energetikasi sohasidagi maxsus vakolatli davlat organidir.
Quyidagilar elektr energiyasi bozorining ishtirokchilaridir:
- elektr energiyasi bozori operatori;
- ishlab chiqaruvchi;
- elektr energiyasini saqlash tizimi operatori;
- uzatish tizimi operatori;
- markaziy xarid qiluvchi;
- treyder;
- taqsimlash tizimi operatori;
- ta’minotchi;
- iste’molchi.
Tariflar va to‘lovlarni belgilash uslubiyati hamda uning asosida tartibga solinadigan tariflar va to‘lovlar Energetika bozori regulyatori tomonidan belgilanadi.
Qabul qilingan tariflar va to‘lovlar kuchga kirishidan kamida 15 besh kun oldin e’lon qilinadi. Hech qanday tarif yoki to‘lov orqaga qaytish kuchiga ega emas.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 3 oy o‘tgach kuchga kiradi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Rossiya yuzlab yamanliklarni Ukrainaga qarshi urushga yolladi
Xitoy Yaponiya va sakkizta davlat fuqarolariga vizasiz rejimni joriy etadi
Abdusalom Azizovning DXX raisligidan haydalgani tasdiqlandi
O‘zbekistonda kelasi hafta boshida qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi
Olimlar psixoz tashxisini qo‘yishga yordam beradigan yangi biomarkerni aniqladi