Foto: Videodan kadr
O‘zbekistonda yana bir taniqli shaxs yo‘l harakati qoidalarini qo‘pol ravishda buzib harakatlangani aks etgan videosini tarqatdi. Qo‘shiqchi Jahongir Otajonov Zeekr avtomobilida soatiga 195 km tezlikda harakatlangan.
Videoga ko‘ra, qoidabuzarlik aholi yashash punktidan tashqarida, avtotrassada sodir etilgan, bunday joylarda ruxsat etilgan maksimal tezlik esa 100 km/s (ayrim hududlarda — 110 km/s)ni tashkil etadi. Qo‘shiqchi bir qo‘lida rulni ushlagan holda, boshqasi bilan telefoni orqali spidometrni videoga oladi. U rolikni Instagram'dagi sahifasiga joylagan.
«Kecha Zeekr qancha tezlikka chiqarkan deyishgandi. Qani ko‘ramiz. Sharoit bor chiqarishga», — deydi u videoda. U spidometr ko‘rsatkichi 195 km/soatga chiqqanida tezlikni pasaytira boshlaydi. «195 ga chiqardim, uyog‘iga harakat ko‘p ekan, to‘g‘risi, qo‘rqdim. Balki 200 ga ham chiqar», — deydi u.
Videoda u piyodalar o‘tish joyidan qariyb 150 km/s tezlikda o‘tgani ko‘ringan.
23 sentyabr kuni Parij olimpiadasida boks bo‘yicha chempion bo‘lgan Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev Toshkent shahri markazida prezident sovg‘asi bo‘lgan Tahoe avtomobilida 110 km/s tezlikda (shaharda ruxsat etilgan tezlik — 60 km/s) harakatlanib, yo‘l harakati qoidalarini buzgandi. U ham bu holat aks etgan videoni Instagram sahifasida joylashtirgandi (keyinroq rolik o‘chirib yuborilgan). Sportchi bazaviy hisoblash miqdorining 9 baravari miqdorida (3,06 mln so‘m) jarimaga tortilgan, u bilan «profilaktik suhbat o‘tkazilgani» ma’lum qilingandi.
Sentyabr oyi oxirida esa ijtimoiy tarmoqlarda bloger Nigina Meliqo‘ziyeva Toshkent shahrida Lacetti avtomobilida katta tezlikda yurib, yo‘l tor va tirband bo‘lishiga qaramay bir nechta qatnov chiziqlari bo‘ylab xavfli harakatlar (xalq orasida «shashka» deb ataladi) amalga oshirgani aks etgan videosi tarqaldi. U bu harakatini «azarti borligi» bilan izohlagan. Unga bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari miqdorida (3,4 mln so‘m) jarima qo‘llangan va u bilan ham «profilaktik suhbat» o‘tkazilgan. YPX xodimlari bilan suhbat chog‘ida u vatandoshlar va obunachilaridan «uzr so‘ragan», ammo bu so‘zlarni befarq ohangda aytgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Isroilning keyingi nishoni Turkiyami?
Xitoy kosmik stansiyasida tajribadan o‘tgan zaytun danaklari Yerda unib chiqdi
Taksi haydovchilari litsenziyasi narxi ikki barobarga qimmatlashdi