Qamchiq dovonida toʻxtatilgan Damas yoʻlovchisi oʻqotar qurol olib ketayotgani aniqlandi

Foto: IIB YHXB axborot xizmati
Qamchiq dovonidagi YPX maskanida toʻxtatilgan Damas’da noqonuniy oʻqotar miltiq borligi aniqlangan. IIV YHXBB axborot xizmatining xabar berishicha, holat 2024 yil 4 kuni qayd etilgan.
“Namangan” YPX maskanida YHXX Qamchiq dovoni boʻyicha YPX otryadi xodimlari tomonidan "Vodiy-Toshkent" yoʻnalishida harakatlanib kelgan Damas toʻxtatilganda, uning yoʻlovchisi, 33 yoshli M.M. tomonidan tegishli hujjatlari boʻlmagan, xorijda ishlab chiqarilgan pnevmatik miltiq olib ketilayotgani aniqlangan.
Qayd etilishicha, holat yuzasidan belgilangan tartibda hujjatlar rasmiylashtirilgan. Aniqlangan qurol hamda fuqaro M.M. Pop tumani IIB xodimlariga surishtiruvni davom ettirish uchun topshirilgan.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Qamchiq dovonidagi YPX maskanida toʻxtatilgan Damas’da noqonuniy oʻqotar miltiq borligi aniqlangan. IIV YHXBB axborot xizmatining xabar berishicha, holat 2024 yil 4 kuni qayd etilgan.
“Namangan” YPX maskanida YHXX Qamchiq dovoni boʻyicha YPX otryadi xodimlari tomonidan "Vodiy-Toshkent" yoʻnalishida harakatlanib kelgan Damas toʻxtatilganda, uning yoʻlovchisi, 33 yoshli M.M. tomonidan tegishli hujjatlari boʻlmagan, xorijda ishlab chiqarilgan pnevmatik miltiq olib ketilayotgani aniqlangan.
Qayd etilishicha, holat yuzasidan belgilangan tartibda hujjatlar rasmiylashtirilgan. Aniqlangan qurol hamda fuqaro M.M. Pop tumani IIB xodimlariga surishtiruvni davom ettirish uchun topshirilgan.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…