
© Muzey-zapovednik "Saritsino"
Rossiya va Oʻzbekiston ilmiy-ma'rifiy turizmni rivojlantirishi mumkin. Bu haqda Buyuk Oltoy ilmiy-tadqiqot markazining Oltoyshunoslik va turkiy tadqiqotlar boʻyicha oʻrinbosari Sergey Grushin Toshkentda boʻlib oʻtgan xalqaro andjumanda ma'lum qildi, deya xabar berdi Sputnik Oʻzbekiston.
Gap, birinchi navbatda, Rossiyada ham, Oʻzbekistonda ham ilmiy tadbirlarda olimlar va talabalarning oʻzaro ishtiroki haqida bormoqda.
“Birgalikda turizm loyihalarini ishlab chiqish, xususan, virtual muzeyni rivojlantirish mumkin. Oʻzbekistonlik hamkasblarimizni ushbu loyihaga qoʻshilishga va Oʻzbekiston muzeylarida saqlanayotgan turkiy madaniyatning eng yorqin va qiziqarli durdonalarini virtual muzeyimizga joylashtirishga taklif qilamiz”, — dedi olim.
Bundan tashqari, turkiy madaniyat yodgorliklarini xaritalash boʻyicha hamkorlik qilish mumkin, deya qoʻshimcha qildi Grushin.
Eslatib oʻtamiz, Toshkentda Ipak yoʻli: turizm prizmasi orqali hamkorlik” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiya boʻlib oʻtmoqda. Sputnik Oʻzbekiston muxbirining ma'lum qilishicha, Katta Oltoy Oltoyshunoslik va turkiyshunoslik ilmiy-ta'lim markazi direktori Oʻzbekiston Turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot institutining faxriy professoriga aylandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar