
Turkiyada ilk temuriyzoda malika Shodmalik Sultonning qoʻli bilan yozilgan Qur'on qoʻlyozmasi topildi. Bu haqida Toshkentda oʻtayotgan Oʻzbekiston madaniy merosi haftaligida ma'lum qilindi.
Noyob topilma Amir Temurning chevarasi, Temurning katta oʻgʻli Jahongir Mirzoning nevarasiga qizi tomonidan atab bitilgan.
Qoʻlyozmani topgan Istanbul universiteti doktori Emek Ushenmesning bildirishicha Anqarada Temurning nevarasi Jahongir Mirzo Boyazid bilan boʻlgan jangda yaralanadi va Kaysera shahriga kelib vafot etadi. 1467 yil qizi malika Shodmalik Sulton oʻz qoʻllari bilan Qur'oni Karim oyatlarini qoʻlyozma shaklida yozib tugatadi. E'tiborli jihati bu temuriy malika tomonidan yozilgan birinchi Qur'on hisoblanadi. U ayni paytda Istanbuldagi Turk va islom asarlari muzeyida saqlanmoqda.

100 ga yaqin chet ellik olimlar yigʻilgan madaniy meros haftaligida ushbu qoʻlyozmaning faksimilesi tayyorlanishi ma'lum qilindi. Undan tashqari haftalik doirasida Qur'oni Karimning qadimgi qoʻlyozma nusxalari haqida batafsil ma'lumot berilib, ularni turli shaklda Oʻzbekistonga qaytarish boʻyicha chora-tadbirlar koʻrib chiqilishi ma'lum qilindi. Shuningdek haftalikning muhim voqeliklari sirasiga yana 700 yillik tarixga ega Oʻzbekxon Qur'oni, Berlin kutubxonasida saqlanayotgan Boburiylarga tegishli albom kabi yuzdan ortiq yangiliklar kiradi.
Oʻzbekistondagi Islom tsvilizatsiyasi markazi direktori Firdavs Abduxoliqov bu kabi noyob qur'on qoʻlyozmalari hali koʻpligini ma'lum qilib, Oʻzbekiston madaniy merosini oʻrganish, asrash va ommalashtirish boʻyicha Butunjahon jamiyati (WOSCU) bilan hamkorlikda Markaz binosining asosiy qismida, 67 metrlik gumbaz ostida, 114 ta Oʻzbekistonga aloqador boʻlgan eng qadimiy va bebaho Qur'on qoʻlyozmalari joylashtiriladi. Bugungi kunda Oʻzbekiston Respublikasi Prezident tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan ushbu loyiha boʻyicha qur'on qoʻlyozmalarining faksimile nusxalarini qaytarish chora-tadbirlar olib borilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar