Texnikumlar negizida Germaniya tibbiyot akademiyasi tashkil etiladi

1 daqiqa o'qish116
Texnikumlar negizida Germaniya tibbiyot akademiyasi tashkil etiladi
Germaniyaga borib ishlovchilar uchun 2025 yildan imkoniyatlar yanada kengayadi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi direktori Behzod Musayev hamda «Globogate Concept AG» kompaniyasi direktori Sang-Vo Pai o‘rtasida imzolangan «O‘zbekiston fuqarolarining Germaniya hududida bandligini ta’minlash yuzasidan kasbga tayyorlash va tilga o‘qitish sohasida hamkorlik to‘g‘risida»gi hujjatda so‘z boradi.

Ta’kidlanishicha, shu vaqtgacha hamshiralik diplomi bor va nemis tilini bilgan nomzodlar bilan shartnoma qilingan bo‘lsa, 2025 yildan boshlab Jamoat salomatligi texnikumlari negizida Germaniya tibbiyot akademiyasi tashkil etiladi va ularga yangi maqsadli qabul e’lon qilinadi.

«Ya’ni, qamrov keskin ko‘payadi. Tinglovchilar Germaniyaning «Aachen University Hospital» bilan birgalikda ishlab chiqilgan nemis tibbiy-ta’lim standarti asosida o‘qitiladi», – deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, bugungi kunda «Globogate» loyihasi orqali 224 nafardan ortiq o‘zbekistonlik Germaniyada tibbiyot sohasida faoliyat olib bormoqda, 1000 ga yaqin tinglovchi til o‘rganayapti.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?