Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Toshkent shahar IIBB YHXB Yakkasaroy tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi yuzasidan ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, 25 noyabr kuni soat 16:30 larda Yakkasaroy tumani Yusuf Xos Hojib ko‘chasidagi «Korzinka» savdo majmuasi qarshisida Cobalt hamda Forthing rusumli transport vositalari harakatlanib ketayotgan vaqtida avtomashinalar ustiga qurigan daraxt shoxi qulab tushgan.
Yo‘l-transport hodisasi oqibatida Cobalt transport vositasining yo‘lovchisiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. «Shu o‘rinda barcha haydovchilardan kuz-qish mavsumida transport vositalarini daraxtlar va qurilish maydonlari yaqinida qoldirmasliklarini so‘rab qolamiz», — deyiladi xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
O‘zbekistonda tadbirkorlar uchun ayrim ma’muriy javobgarliklar bekor qilinadi
Ro‘ziqul Berdiyev: "Raqib mahoratli o‘yinchilarga ega jamoa, ammo biz ko‘proq o‘z o‘yinimizga e’tibor berishimiz zarur"
Germaniyalik fermerning sigiri to‘rtta buzoq tug‘di
Farg‘onada noqonuniy valyuta savdosi bilan shug‘ullanganlar ushlandi
Boy davlatlar iqlimni moliyalashtirishni oshirishga rozi bo‘ldi