Fuqarolik ishlari bo‘yicha Yangiqo‘rg‘on tumanlararo sudining ijro hujjatiga ko‘ra qarzdor I.M dan undiruvchi «Namangan-Avto» MCHJ foydasiga jami 151.246.176 so‘m qarzdorlik hamda davlat foydasida 6.049.847 so‘m undirish belgilangan. Undiruvni esa garov mulki sifatida baholangan «Chevrolet Tracker» avtotransport vositaga qaratish ko‘rsatib o‘tilgan.
Mazkur hujjat Majburiy ijro byurosi Yangiqo‘rg‘on tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan. Davlat ijrochisi tomonidan I.M kredit qarzdorligini to‘lash yuzasidan ogohlantirilgan. Biroq, berilgan ixtiyoriy muddatlar o‘tganiga qaramasdan, qarzdor qarzini to‘lamagan.
Shuningdek, ijro harakatlari davomida unga tegishli «Chevrolet Tracker» rusumli avtomashinasiga taqiq qo‘yilgan.
Kuni kecha olib borilgan tadbir davomida 2 yildan beri qidirilayotgan «Chevrolet Tracker» boshqa avtoraqam bilan harakatlanayotgani ma’lum bo‘ldi va mazkur avtomashina xatlandi, deyiladi MIB xabarida. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Isroillik ravvinning o‘limida O‘zbekiston fuqarolari gumonlanmoqda
Shavkat Mirziyoyev: «Barcha ijro organlarini Yangi Toshkentga ko‘chiramiz»
Britaniyada 3 ta harbiy baza uzra UUA parvozi qayd etildi
Ilon Mask rekord darajada boyib bormoqda
Gvardiola hech qachon bunaqa sharmanda bo‘lmagandi