23:48 / 30.12.2024
84

Faol keksalarni kambagʻal oilalarga biriktirish tartibi belgilandi

Faol keksalarni kambagʻal oilalarga biriktirish tartibi belgilandi
Hukumat qarori bilan «Faol nuroniylarni kambagʻal oilalarga biriktirish hamda mahallada sogʻlom turmush tarzi va ijtimoiy-ma'naviy muhitni shakllantirishga jalb etish tartibi toʻgʻrisida»gi nizom tasdiqlandi.

Nizom faol keksalarni kambagʻal oilalarga biriktirish hamda mahallada sogʻlom turmush tarzi va ijtimoiy-ma'naviy muhitni shakllantirishga jalb etish, shuningdek, kambagʻal oila farzandlariga ta'lim olish uchun oʻquv jihozlari va qurollari, sport kiyimlarini xarid qilish, keksalarning sport tadbirlarida ishtirok etishi bilan bogʻliq xarajatlarni qoplab berish tartibini belgilaydi.

Belgilangan tartibda tanlab olingan uch nafar faol keksaga yashab turgan joyi boʻyicha 5 tadan kambagʻal oila olti oy muddatga biriktiriladi.

Faol keksalar biriktirilgan oilalar bilan ishlashda «mahalla ettiligi» bilan oʻzaro hamkorlik qiladi.

«Nuroniy» jamgʻarmasi va tanlab olingan faol keksalar oʻrtasida ularni ragʻbatlantirish maqsadida fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma rasmiylashtiriladi.

Tanlab olingan faol keksalarga yuklangan vazifalarni bajarishi uchun «Nuroniy» jamgʻarmasi tomonidan mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 50 foizi miqdorida ragʻbatlantiruvchi toʻlovlar ularning roziligiga koʻra bank plastik kartalariga toʻlab beriladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat