09:12 / 13.01.2025
26

Hududlarda 16 ta avtovokzal va avtostantsiyalar quriladi

Hududlarda 16 ta avtovokzal va avtostantsiyalar quriladi
Foto: Transport vazirligi axborot xizmati
2025 yilga moʻljallangan davlat dasturi loyihasi muhokama uchun e'lon qilindi. Unga koʻra, hududlarda jamoat transporti tizimi rivojlantiriladi.

Hududlarda 16 ta avtovokzal va avtostantsiyalar qurish va rekonstruktsiya qilish koʻzda tutilgan.

Hududlarda jamoat transportining 50 ta yangi yoʻnalishlar tarmogʻi tashkil etiladi.

Hududlarda jamoat transportida elektron toʻlovlar jozibadorligini oshirish va elektron toʻlovlar ulushini oʻrtacha 30 foizga etkazish (hozir 15 foiz) rejalashtirilgan.

Hududlarda jamoat transporti uchun yangi zamonaviy jami 700 ta avtobus xarid qilinadi.

Hududlarda 743 ta oraliq bekatlarini qurish va rekonstruktsiya qilish ishlarini tashkillashtirish moʻljallanmoqda.

Avtobuslar harakatiga ustuvorlik berish maqsadida hududlarda jamoat transporti uchun alohida avtobus yoʻlaklarini 150 kmga etkazish nazarda tutilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Hududlarda 16 ta avtovokzal va avtostantsiyalar quriladi