Zominda tirik ilon yegan erkak jarimaga tortildi

1 daqiqa o'qish944
Zominda tirik ilon yegan erkak jarimaga tortildi
Jizzax viloyati Zomin tumanida tirik ilon yegan erkak jarimaga tortildi. Bu haqda viloyat Ekologiya boshqarmasi xabar berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda erkakning tirik ilonni yeyayotgani aks etgan video tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan tuman ekologiya boʻlimi va ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan tekshiruv oʻtkazilib, erkakning shaxsi aniqlangan.

Qayd etilishicha, K.H. oʻz harakatlari bilan “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi qonunning 4-moddasi (“Hayvonot dunyosiga mulkchilik”) va 30-moddasi (“Hayvonot dunyosi foydalanuvchilarining huquq va majburiyatlari”) talablarini buzgan. Ushbu qonunning 53-moddasi javobgarlikni, 51-moddasi esa zarar oʻrnini qoplashni belgilaydi.

Davlat inspektorlari erkakni Ma'muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 90-moddasi 1-qismi (“Ov va baliq ovlash qoidalari yoki hayvonot dunyosidagi boshqa turdagi foydalanish qoidalarini buzish”) boʻyicha ma'muriy javobgarlikka tortgan holda, unga 20 BHM (7,5 million soʻm) miqdorida jarima belgilashdi. Tabiatga yetkazilgan zarar 1,125 million soʻm deb baholandi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?