Fargʻona viloyatida mast holdagi Damas haydovchisi ikki kishini urib yubordi

1 daqiqa o'qish413
Fargʻona viloyatida mast holdagi Damas haydovchisi ikki kishini urib yubordi
Fargʻona viloyati, Toshloq tumanida mast holda avtomobil boshqarayotgan Damas haydovchisi katta tezlikda bir velosipedchini va 5 yoshli piyodani urib yubordi. Natijada, 71 yoshli erkak voqea joyida, bolakay esa shifoxonada vafot etdi.

Yoʻl-transport hodisasi mahalliy «Yakkatol» mahallasi ichki yoʻlida yuz berdi. Mast holatda boʻlgan haydovchi, avval velosipedda ketayotgan 71 yoshli erkakni urib yuborgan, soʻngra qarama-qarshi yoʻlga chiqib, onasi bilan yoʻl chetida ketayotgan bolakayni bosib ketgan.

Mazkur holat boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari davom etmoqda. Gumonlanuvchiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanildi.

Ma'lumotlarga koʻra, 2024 yilda Fargʻona viloyatida mast holatda transport vositasini boshqarish bilan bogʻliq 2794 ta qonunbuzarlik qayd etilgan.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?