Oʻzbekiston va Qozogʻiston sayyohlik poyezdlari qatnovi toʻgʻrisida bitim imzoladi

1 daqiqa o'qish210
Oʻzbekiston va Qozogʻiston sayyohlik poyezdlari qatnovi toʻgʻrisida bitim imzoladi
Foto: Dunyo
Inbusiness.kz axborot agentligining ma'lum qilishicha, "Oʻzbekiston temiryoʻllari" AJ va Qozogʻistonning "Passajirskiye perevozki" AJ kompaniyalari rahbarlari oʻrtasidagi uchrashuvda tomonlar ikki mamlakat oʻrtasida yoʻlovchi tashish sohasida oʻzaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdi.

Qayd etilishicha, ikki davlat oʻrtasida sayyohlik poyezdlari qatnovi toʻgʻrisida bitim imzolangan, shuningdek, qoʻshma loyihalarni amalga oshirish boʻyicha ishchi guruh tarkibi tasdiqlangan. Bu yoʻnalishdagi ilk qadamlardan biri Jibek Joly sayyohlik poyezdining ishga tushirilishi boʻldi.

"Shuningdek, boshqa yoʻnalishlarda ham shunga oʻxshash turistik marshrutlar yoʻlga qoʻyish imkoniyatini koʻrib chiqishga qaror qilindi. Xususan, yangi "Ostona-Samarqand" xalqaro yoʻnalishi koʻrib chiqilmoqda", - deyiladi maqolada.

Agentlik xabariga koʻra, tashrif davomida yoʻlovchi tashishni boshqarish, harakatlanuvchi tarkibga texnik xizmat koʻrsatish, axborot tizimlarini joriy etish va chiptalarni onlayn sotishni tashkil etish boʻyicha tajriba almashish masalalari ham muhokama qilingan.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?