13:43 / 26.01.2025
638

Shavkat Mirziyoyev «Amirsoy»da Sadir Japarov bilan norasmiy uchrashuv oʻtkazdi

Shavkat Mirziyoyev «Amirsoy»da Sadir Japarov bilan norasmiy uchrashuv oʻtkazdi
Foto: Prezident matbuot xizmati
25 yanvar kuni Qirgʻiziston respublikasi prezidenti Sadir Japarov Oʻzbekistonga keldi.

Oʻzbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatidagi "Amirsoy" kurort majmuasida Qirgʻiziston prezidenti bilan norasmiy uchrashuv oʻtkazdi.

Etakchilar ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari, shuningdek, xalqaro siyosat va mintaqaviy hamkorlik yuzasidan fikr almashdilar.

Qirgʻiziston prezidenti togʻ-changʻi majmuasida yaratilgan sharoitlar va uning jahonning yuksak standartlariga mos zamonaviy infratuzilmasini yuqori baholadi.

Oʻzbekiston va Qirgʻizistonda mamlakatlarimizning noyob geolandshafti va xilma-xil tabiatini hisobga olgan holda kurort-rekreatsiya markazlarini tashkil etishga qaratilgan qoʻshma loyihalarni ilgari surishga kelishib olindi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat