Illinoys universiteti tadqiqotchilari yoʻllardagi tirbandliklarda uzoq vaqt turib qolish va tezpishar taomlar kafesiga koʻproq qatnash oʻrtasida bogʻliqlikni aniqladi. Bu omil har yili millionlab aholi salomatligiga salbiy ta'sir koʻrsatadi.
Foto: Unsplash
Los Anjeles oʻtkazilgan tahliliy ma'lumotlarga koʻra, kutilmagan tirbandliklar oddiy tirbandliklar bilan solishtirganda tez ovqatlanish restoranlariga tashrif buyurishni 1% ga oshirgan. Bir qarashda bu koʻrsatkich unchalik katta koʻrinmasligi mumkin, ammo yirik shaharlar miqyosida yiliga 1,2 million marta qoʻshimcha tarzda fastfud eyish haqida gap ketmoqda. Tadqiqot mualliflari oʻz xulosalarini notoʻgʻri ovqatlanish odatlarini kamaytirish nuqtai nazaridan muhim deb hisoblashini bildirdi.
Olimlar Los Anjelesdagi ikki yillik yoʻl harakatlari, trafik va tirbandlik haqidagi ma'lumotlarni oʻrganib chiqdi. Shuningdek shu vaqt oraligʻida uyali telefondan foydalanadigan nechta kishi fastfud restoranlariga tashrif buyurgani haqida ma'lumotlarni tahlil qildi. Natijada bunday muassasalarga tashrif buyurishning koʻpayishi va tirbandliklar oʻrtasida bevosita bogʻliqlik mavjudligini ifodalaydigan kompyuter modelini ishlab chiqdi.
Foto: Unsplash
Kechki soatlarda ishdan qaytayotgan aholi oziq-ovqat doʻkonlariga kamroq tashrif buyuradi. Ular, ehtimol, doʻkonda toʻxtab, uyda kechki ovqat pishirish uchun masalliq sotib olishdan koʻra shunchaki burger va qovurilgan kartoshka sotib olishni ma'qul koʻradi.
Har bir yirik shaharda tirbandlik ham, tez ovqatlanish restoranlari koʻp boʻlganligi sababli, ushbu tendentsiya faqatgina Los Anjelesga xos emas. Yoʻl tirbandligi va nosogʻlom ovqatlanish oʻrtasidagi bogʻliqlik butun dunyo shaharlaridagi tirbandlikni kamaytirishga hamda transport infratuzilmasini yaxshilashga yana bir sabab boʻladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar