
Foto: Prokuratura departamenti.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mirzo Ulug‘bek tumani bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida tezkor tadbirda o‘tkazilgan.
Unda sobiq bank xodimi N.A. (muqaddam sudlangan) fuqaro I.Ya.ning ishonchiga kirib, unga tanishlari yordamida Yashnobod tumanidagi tijorat banki filialidan 1 mlrd so‘m miqdorida imtiyozli kredit olib berish evaziga 3 100 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Departamentning Navoiy viloyati boshqarmasi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar Sh.I. va Sh.X. o‘zaro til biriktirib, fuqaro F.G‘.ning ishonchiga kirib, unga Navoiy shahridagi tijorat banklarning biridan 100 mln so‘m imtiyozli kredit rasmiylashtirib berishlari evaziga 30 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.
Shu kabi, Departamentning Oltiariq tumani bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro Yu.T. (muqaddam sudlangan) tadbirkor O‘.T.ning ishonchiga kirib, unga go‘yoki bank muassasasida ishlovchi tanishlari orqali 100 mln so‘m imtiyozli kredit ajratib berishi evaziga 1 000 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Bundan tashqari, fuqaro Yu.T. va boshqalar fuqarolar F.M., M.S. va D.D.ning ishonchiga kirib, ularning nomiga 300 mln so‘m imtiyozli kredit ajratilishiga erishib, o‘zlashtirganliklari aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar