Ishdan bo‘shatilgan xodimlarga milliardlab so‘m to‘lab berildi

1 daqiqa o'qish720
Ishdan bo‘shatilgan xodimlarga milliardlab so‘m to‘lab berildi
O‘zbekistonda noqonuniy ishdan bo‘shatilgan fuqarolarga 61 milliard so‘m miqdorida ish haqi qaytarildi, deb rasmiy manbalar xabar bermoqda.

28-fevral kuni AOKAda “Ijro tizimida amalga oshirilgan ishlar, yangiliklar va raqamlashtirish bo‘yicha tadbirlar” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi (BPI) rahbarlari ishtirok etdi.

BPI birinchi direktor o‘rinbosari Shavkat Haydarovning ta’kidlashicha, O‘zbekistonda sud qarorlarini ijro etish tizimi takomillashtirilmoqda. Shu davr ichida 3,6 trillion so‘m miqdoridagi ijro hujjatlari bajarildi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 460 milliard so‘m ko‘proqdir.

Bundan tashqari, 15 ta hududiy bo‘lim zamonaviy texnologiyalar yordamida, majburiy ijro harakatlarisiz 95,5 milliard so‘m mablag‘ undirishga erishdi.

BPI ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan hujjatlar ijrosini ta’minlash bo‘yicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirdi:

Kam ta’minlangan bolalar uchun 179 milliard so‘m undirildi;
1 800 nafar ishsiz qarzdorlar ish bilan ta’minlandi;
1 200 ta oila yarashtirildi;
925 nafar noqonuniy ishdan bo‘shatilgan xodim ishga tiklandi va ularga 61 milliard so‘m maosh to‘landi.

Shuningdek, “Aliment to‘lovlari jamg‘armasi” orqali 218 nafar undiruvchiga 918,1 milliard so‘m mablag‘ to‘lab berildi. Ish qonunlarini buzganligi sababli ishdan bo‘shatilgan 68 fuqaro ishga tiklanib, ularga 40 milliard so‘m miqdorida to‘lanmagan maosh qaytarildi.

BPI qarzdorlarni ijro ishining boshlangani va joriy cheklovlar haqida xabardor qilish tizimini yaxshiladi. Fuqarolarga 9,9 million SMS jo‘natildi, natijada 71 mingta ijro ishi o‘z vaqtida ixtiyoriy ravishda bajarildi, bu 2023-yildagiga nisbatan 53,7% ko‘proqdir.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?