
Foto: O‘zbekiston musulmonlari idorasi
28 fevral kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari raisligida Surxondaryo, Samarqand hamda Toshkent viloyatlarida faoliyat yuritayotgan tuman va shahar bosh imom-xatiblari ishtirokida videomuloqot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Idora matbuot xizmatining xabar berishicha, yig‘ilishda tashkiliy masalalar ko‘rilgan.
Xususan, Surxondaryo viloyati bosh imom-xatibi Aliakbar domla Sayfuddinov o‘z arizasiga ko‘ra vazifasidan ozod etilib, Termiz shahridagi «Hakim Termiziy» jome masjidi imom-xatibi vazifasida qoldirildi.

Termiz shahri bosh imomi va «Manguzar» jome masjidi imom-xatibi lavozimida ishlab kelayotgan Rasuljon domla Abdullayev O‘zbekiston musulmonlari idorasining Surxondaryo viloyatidagi vakili, viloyat bosh imom-xatibi vazifasiga tayinlandi.
Shuningdek, Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani «Oltintepa» masjidida imom-xatib bo‘lib ishlab kelayotgan Ahmadxon qori Alimov O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyati vakili, viloyat bosh imom-xatibi etib tayinlandi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyati vakili vazifasini vaqtinchalik bajarib kelgan Yoqubjon domla Mansurov bosh imom-xatib o‘rinbosari va Samarqand tumani «Xo‘ja Ahrori Valiy» jome masjidi imom-xatibi vazifalarida qoldirildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Toshkent viloyati vakili Jasurbek domla Raupov ham o‘z ixtiyori bilan lavozimidan ozod etilib, Zangiota tumanidagi «Zangiota» jome masjidi imom-xatibi vazifasida qoldirildi.

Toshkent tumani bosh imomi va mazkur tumandagi «Hasanboy ota» jome masjidi imom-xatibi vazifasida ishlab kelayotgan Doniyor domla Ikromov O‘zbekiston musulmonlari idorasining Toshkent viloyati vakili, viloyat bosh imom-xatibi lavozimiga tayinlandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar