14:47 / 02.03.2025
1 195

O‘zbekiston va Afg‘oniston savdo hajmini 3 mlrd dollarga yetkazmoqchi

O‘zbekiston va Afg‘oniston savdo hajmini 3 mlrd dollarga yetkazmoqchi
© O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Surxondaryo viloyatida Afg‘oniston savdo vaziri Nuruddin Aziziy bilan uchrashdi, deya xabar berdi vazirlik matbuot xizmati.

Laziz Kudratov va Nuruddin Aziziy boshchiligidagi delegatsiya Surxondaryo viloyatidagi "Termiz" xalqaro savdo markaziga tashrif buyurdi. Uchrashuvda O‘zbekiston-Afg‘oniston savdo-iqtisodiy munosabatlarining bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Laziz Qudratov Afg‘oniston savdo vaziri Nuruddin Aziziy bilan uchrashuv o‘tkazdi
© O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

“Suhbat davomida o‘zaro savdo hajmini 3 milliard dollarga yetkazish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi”, — deyiladi xabarda.
Aytilishicha, savdo bilan bir qatorda qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik, farmatsevtika, oziq-ovqat va tog‘-kon sanoati sohalarida ham o‘zaro manfaatli hamkorlik va sanoat kooperatsiyasini kengaytirish bo‘yicha navbatdagi tadbirlar ko‘rib chiqildi.

© O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
Tashrif doirasida har ikki tomondan 60 ga yaqin tadbirkor ishtirokida B2B muzokaralari tashkil etildi. Unda ishbilarmon doiralar vakillari yangi aloqalarni o‘rnatish, yangi qo‘shma loyihalar va savdo shartnomalarini amalga oshirishning amaliy jihatlarini muhokama qilish imkoniga ega bo‘lishdi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat