20:59 / 23.03.2025
15 455

Abduqodir Husanov oilasi bilan muqaddas ziyoratda! (foto)

Abduqodir Husanov oilasi bilan muqaddas ziyoratda! (foto)
O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Abduqodir Husanov muqaddas Umra ziyoratini amalga oshirdi. U otasi Hikmat Hoshimov va ukasi bilan birgalikda Saudiya Arabistoniga tashrif buyurib, Makkai Mukarramada ibodat qildi.

Futbolchi uchun bu ziyorat nafaqat diniy burchni ado etish, balki ruhiy poklanish va uyga yangi kuch bilan qaytish imkoniyati hamdir. Umra ziyoratini amalga oshirish vaqtida ular Ka’ba atrofida tavof qilib, duo va ibodatlar bilan mashg‘ul bo‘lishdi.

Husanov va uning oila a’zolarining muqaddas maskanga tashrifi muxlislari uchun ham iliq hislar uyg‘otdi. Ularning Umra ziyoratiga borishi haqidagi xabar ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinmoqda, ko‘plab muxlislar ularga xayrli safar uchun dildan tilaklar yo‘llamoqda.

Futbolchi va uning oilasi uchun ushbu ziyorat ulkan ma’naviy ahamiyatga ega bo‘lib, ular o‘z yurtlariga sog‘-salomat va ruhiy tetiklik bilan qaytishlariga tilakdoshmiz.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat