10:24 / 01.04.2025
144

Ilmiy olimpiadada g‘oliblarga Damas avtomobili beriladi

Ilmiy olimpiadada g‘oliblarga Damas avtomobili beriladi
O‘zbekistonda maktab bitiruvchilari uchun ilmiy olimpiada tashkil etiladi va g‘oliblar Damas avtomobili bilan taqdirlanadi, deb nova24.uz maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarovaga tayanib xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, aprel oyida Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida “Kelajak yosh muhandislari” nomli ilmiy olimpiada o‘tkaziladi. Unda faqat maktab bitiruvchilari qatnashadi. Bellashuvlar fizika, matematika va kimyo fanlaridan bo‘ladi.

Mukofotlar quyidagicha:

1-o‘rin — Damas avtomobili (3 ta); 2-o‘rin — 20 mln so‘m (3 nafar o‘quvchiga); 3-o‘rin — 10 mln so‘m (3 nafar o‘quvchiga).

“Bunday loyihalar o‘quvchilarimizni o‘z ustida ishlashga undaydi va bilimga qiziqishini oshiradi”, — dedi Hilola Umarova.

Avvalroq, xalqaro fan olimpiadalari g‘oliblariga pul mukofotlari 5 barobarga oshirilishi ma’lum qilingandi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat