
O‘zbekiston gidrometeorologiya xizmati agentligi ertaga, 17 aprel kuni uchun ob-havo haqida muhim prognozi e’lon qildi. Mamlakatning barcha hududlarida yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroqlar kuzatilishi kutilmoqda. Aholiga ob-havoning keskin o‘zgarishi va kuchli shamollar sabab ehtiyotkorlik tavsiya etiladi.
Toshkent shahrida kunning ikkinchi yarmida yomg‘ir va momaqaldiroq kuzatiladi. Shamol 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kunduzi 22-24°, kechasi 12-14°.
Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida qisqa muddatli yomg‘ir va chang-to‘zonlar kutilmoqda. Shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kunduzi 18-23°.
Buxoro va Navoiyda momaqaldiroqli yomg‘ir, kuchli shamol va chang ko‘tarilishi ehtimoli bor. Kunduzgi harorat 18-23°.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida ham shamolli va yomg‘irli ob-havo bo‘ladi. Changli shamollardan ehtiyot bo‘lish lozim.
Qashqadaryo va Surxondaryoda harorat yuqori — kunduzi 25-33° atrofida, lekin yomg‘ir va kuchli shamollar xatari mavjud.
Andijon, Namangan va Farg‘onada kechga tomon yomg‘ir kuzatiladi. Harorat kunduzi 21-26°.
Tog‘li hududlarda esa kuchli yomg‘ir va sel xatarlari ehtimoli bor. Aholidan ehtiyotkorlik so‘ralmoqda.
Havo sharoitidagi bunday o‘zgarishlar xususan, yo‘llarda va qurilish ishlarida ishtirok etuvchilar uchun qo‘shimcha choralar ko‘rishni talab etadi. Ob-havo yangiliklarini muntazam kuzatib boring.
ObHavoPrognoziYomgIrKutilmoqdaMomaqaldIrqXatariKuchliShamolToshkentShahriQoraqalpog‘istonViloyati O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing