date
views 312

Turkiyadan kelgan fuqarodan qiymati 320 mln so‘mlik qadimiy kitoblar topildi

Turkiyadan kelgan fuqarodan qiymati 320 mln so‘mlik qadimiy kitoblar topildi
Foto: Bojxona qo‘mitasi
“Toshkent-Aero” xabariga ko‘ra, Toshkent xalqaro aeroportida Istanbuldan uchib kelgan fuqaroning yuklari orasidan bojxona nazoratiga o‘z vaqtida taqdim etilmagan, muqovasi jigarrang teridan tayyorlangan, arab yozuvlari bitilgan 1 dona katta hajmli hamda 1 dona qizil muqovali kichik hajmdagi qadimiy kitoblar borligi aniqlandi.

Dastlabki ekspertiza xulosalariga ko‘ra, kitoblarning bugungi kundagi taxminiy qiymati 320 mln so‘mni tashkil etmoqda.

Mazkur holat bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Turkiyadan kelgan fuqarodan qiymati 320 mln so‘mlik qadimiy kitoblar topildi