
Pasxa bayramlari insonparvarlik qadriyatlarining daxlsizligini eslatadi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rus cherkovi bosh Patriarxi Kirilga Yorqin Pasxa bayrami munosabati bilan yo‘llagan tabrigida ma’lum qilingan.
"Pasxa bayramlari bizga insonparvarlik qadriyatlarining daxlsizligini eslatadi - o‘z yaqiniga bo‘lgan muhabbat, rahm-shafqat va unga muhtojlarga g‘amxo‘rlik qilish, ma’naviy yangilanish va axloqiy yuksalish istagini uyg‘otadi", — deyiladi Mirziyoyevning Rus pravoslav cherkovi saytida e’lon qilingan tabriknomasida.
O‘zbekiston prezidenti Patriarx Kirillning Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi har tomonlama strategik sheriklikni rivojlantirish, do‘st xalqlar o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan shaxsiy sa’y-harakatlarini qayd etdi.
Pasxa – Pravoslav nasroniylarining eng ulug‘ bayrami hisoblanadi. Muqaddas kitoblarda yozilishiga ko‘ra, ushbu kunda Iso Masih o‘lmidan 40 kun o‘tib qayta tirilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar