Toshkentdagi xususiy maktabda o‘quvchiga nisbatan majburiy soch olish holati kuzatildi

1 daqiqa o'qish3K
Toshkentdagi xususiy maktabda o‘quvchiga nisbatan majburiy soch olish holati kuzatildi
4 may kuni ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentdagi xususiy maktabda 7-sinf o‘quvchisining sochi majburan kal qilib olingani haqida xabar tarqaldi, deb Nova24.uz xabar berdi. Toshkent shahar Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi ushbu holat yuzasidan izoh berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea 2025 yil 28 aprel kuni Sharjah School xususiy maktabida sodir bo‘lgan. Maktab ma’muriyati 7-sinf o‘quvchisiga sochi uzunligi uchun tanbeh bergan. 27 aprel kuni o‘quvchining ota-onasi maktabga chaqirilib, ular bilan suhbat o‘tkazilgan.

Ota-onalar farzandlarining sochini qisqartirishga va’da berishgan. Ertasi kuni o‘quvchi maktabga sochining yon tomonlari olingan holda kelgan. Maktab direktori buni yetarli deb hisoblamay, taekvondo murabbiyiga o‘quvchining sochini kal qilib olishni buyurgan.

29 aprel kuni o‘quvchining ota-onalari maktabga rasmiy shikoyat arizasi bilan murojaat qilishgan. Shu kuni maktab direktori, taekvondo murabbiyi va maktab psixologi o‘quvchining uyiga borib, ota-onalardan uzr so‘rashgan. Psixolog o‘quvchi bilan suhbat o‘tkazgan. Hozirda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tergov ishlari olib borilmoqda.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?