Sankt-Peterburgda ayolni o‘ldirgan buxorolik 11 yilga qamaldi

1 daqiqa o'qish1.1K
Sankt-Peterburgda ayolni o‘ldirgan buxorolik 11 yilga qamaldi
Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik ayolni o‘ldirgan Buxoro viloyati Vabkent tumanida yashovchi 25 yoshli M.A. 11 yilga ozodlikdan mahrum qilindi, deb xabar berdi UPL.uz.

Oliy sud matbuot xizmatining ma’lumotiga ko‘ra, Nevskiy tumanidagi ko‘p qavatli uy podvalidan 32 yoshli ayol **M.R.**ning jasadi topilgan. Aniqlanishicha, uni uning sevgilisi – M.A. o‘ldirgan.

M.A. va M.R. 2022 yildan beri munosabatda bo‘lishgan. M.R. ajrashgan, ikki farzandli ayol bo‘lgan. M.A. ishlash uchun Sankt-Peterburgga ketgan, keyinchalik M.R. ham u yerga borib, ular 20 kun birga yashagan. Shundan so‘ng birinchi janjal bo‘lgan va ayol Moskvaga ketgan. Bir necha oy o‘tgach, u qaytib kelgan, ammo yana janjal chiqqan — bu safar sabab M.R. undan rafiqasi bilan ajrashishni talab qilgani bo‘lgan.

Janjal vaqtida M.A. uni yiqitib, bo‘g‘ib o‘ldirgan. So‘ng jasadni chemodanga solib, ko‘p qavatli uy podvalidagi chuqurga ko‘mib qo‘ygan. Ayolning telefonidan esa WhatsApp orqali “10 kunga yo‘q bo‘lib qolaman, xavotir olmanglar” degan xabar yuborgan.

Shundan so‘ng u O‘zbekistonga qaytgan. 10 kun o‘tib profilaktika inspektori uni suhbatga chaqirgan va u jinoyatini tan olgan.

Keyinchalik, O‘zbekiston va Rossiya huquq-tartibot organlari hamkorligida tergov o‘tkazilgan. Tergovda aniqlanishicha, M.A. ayol nomiga 50 million so‘mlik kredit ham rasmiylashtirgan.

Vabkent tuman sudining hukmiga ko‘ra, u Jinoyat kodeksining “qasddan odam o‘ldirish” moddasi bilan aybli deb topilib, 11 yil umumiy tartibdagi koloniyada jazo olgan.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?