Telegram orqali giyohvand sotgan 5 kishi qo‘lga olindi

1 daqiqa o'qish382
Telegram orqali giyohvand sotgan 5 kishi qo‘lga olindi
Davlat xavfsizlik xizmati xabariga ko‘ra, Toshkent viloyatining Ohangaron shahrida tezkor tadbir o‘tkazildi, deb Davlat xavfsizlik xizmati ma’lum qildi.

Tadbirda Toshkent shahri Yangi hayot tumanida ijarada yashab, “Telegram” messenjeri orqali giyohvand moddalarning savdosi bilan shug‘ullanib kelgan narkodukonning 5 a’zosi qo‘lga olingan.

Ular 400 gramm “Alfa-PVP” sintetik narkotik moddasini 0,3 grammli qadoqlarda Andijon viloyatidagi mijozlarga yetkazish maqsadida olib ketayotgan paytda ushlangan.

Qo‘lga olinganlarning ko‘rsatmasiga asosan, ular tomonidan Andijon viloyatidagi 53 ta yashirin joyga joylashtirilgan 0,3 grammli “Alfa-PVP” moddalari aniqlanib, belgilangan tartibda rasmiylashtirib olingan.

Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, narkodukon operatori – 2003 yilda tug‘ilgan, Andijon viloyati Izboskan tumanida yashovchi shaxs Yangi hayot tumanida ushlangan. Uning avtomashinasidan 986 gramm gashish va 7 kg “Alfa-PVP” moddalari topilgan.

Aniqlanishicha, bu narkoguruh kontrabanda yo‘li bilan olib kelingan giyohvand moddalarni Toshkent shahri, Toshkent, Andijon, Farg‘ona, Namangan, Samarqand va Buxoro viloyatlarida sotib kelgan.

Hozirda barcha gumonlanuvchilarga nisbatan Jinoyat kodeksining 25,273-moddasi 5-qismi asosida jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Tergov ishlari davom etmoqda.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?