Qashqadaryoda ayol mast erini pichoqlab o‘ldirdi

1 daqiqa o'qish465
Qashqadaryoda ayol mast erini pichoqlab o‘ldirdi
Qashqadaryo viloyatida ayol mast eri bilan kelib chiqqan janjal oqibatida uni pichoqlab o‘ldirdi, deb Nova24.uz xabar berdi.

Hodisa 10-fevral kuni Kasbi shahrida sodir bo‘lgan. Mehnat migratsiyasidan qaytgan erkak uyiga qarindoshlarini taklif qilib, mehmonga chaqirgan. Bir necha qadahdan so‘ng u mast holatda xotinini va qizini mehmonlar oldida haqoratlay boshlagan. Mehmonlar aralashishni istamay, uylariga ketgan, ammo janjal davom etgan.

Tungi soatlarga qadar cho‘zilgan tortishuv chog‘ida ayol oshxona pichog‘ini olib, erining bo‘yniga ikki marta zarba bergan.

«U meni o‘ldirmoqchi bo‘ldi. Qizimning sha’nini himoya qilmoqchi edim. Atay qilganim yo‘q. Hammadan kechirim so‘rayman», — dedi ayol.

Sud uni 6 yil ozodlikdan mahrum qildi. Qaysi moddalar bo‘yicha ayblangani ochiqlanmagan.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?