date

MIB: Qarzdorning avtomashinasi kredit qarzi evaziga xatlandi

MIB: Qarzdorning avtomashinasi kredit qarzi evaziga xatlandi
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Guliston tumanlararo sudining 01.08.2024 yildagi qarzdor fuqarodan “Agrobank”ning Sirdaryo viloyati hududiy filiali foydasiga 33,2 mln. so‘m kredit qarzini undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati bo‘yicha Majburiy ijro byurosining Guliston shahar bo‘limi tomonidan ijro harakatlari olib borilgan.

Ijro hujjati talabini ihtiyoriy muddatda bajarish yuzasidan qarzdor rasman ogohlantirilib, tushuntirish ishlari olib borilgan.

Biroq belgilangan muddatda qarzdorlik bartaraf etilmaganligi bois, qarzdorga tegishli “Jentra” rusumli avtomashina xatlanib, jarima maydoniga joylashtirilgan.

Hozirda mazkur avtomashinani baholab, auksion savdosiga chiqarish choralari ko‘rilmokda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » MIB: Qarzdorning avtomashinasi kredit qarzi evaziga xatlandi