date

Jizzaxda sifatsiz benzin sotgan AZSlarga jarima belgilandi

Jizzaxda sifatsiz benzin sotgan AZSlarga jarima belgilandi
Jizzax viloyati Uzenergoinspeksiyasi xodimlari tomonidan avtomobil yoqilg‘i quyish stansiyalarida nazorat tadbirlari o‘tkazildi. Tadbirlar davomida Zomin tumanida joylashgan "A.B.O." MCHJga qarashli AZS faoliyati tekshirildi. Mutaxassislar benzin AI-80 namunalarini olib, laboratoriyaga ekspertizaga yubordilar.

Ekspertiza natijalariga ko‘ra, mazkur AZSda sotilgan benzin davlat standarti talablariga javob bermaydigan sifatsiz mahsulot ekanligi aniqlandi. Shu asosda korxonaga 39,1 million so‘m miqdorida jarima solindi. Shuningdek, G'allaorol tumanidagi "M.P.S." MCHJga tegishli AZSda ham shunday qoidabuzarliklar aniqlanib, tegishli choralar ko‘rildi. Nefteproduktlarning sifatiga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha barcha qonuniy talablar bajarilishi shartligi ta’kidlandi, deb xabar bermoqda Uzenergoinspeksiya matbuot xizmati.

Manba: upl.uz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Jizzaxda sifatsiz benzin sotgan AZSlarga jarima belgilandi