date

Yunusobodda 9-qavatdan tushgan yigit omon qoldimi?

Yunusobodda 9-qavatdan tushgan yigit omon qoldimi?
Ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalgan videolarda Toshkent shahri, Yunusobod tumanidagi ko‘p qavatli uylarning birida noma’lum fuqaroning 9-qavatdan tushib ketgani tasvirlangan holat aks etdi. Voqea jamoatchilik orasida katta muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, voqea 2025-yil 21-iyul kuni taxminan soat 01:30 larda sodir bo‘lgan. 2002-yilda tug‘ilgan T.R. ismli fuqaro, 9-mavzedagi uylarning birida 9-qavatdagi derazadan o‘zini pastga tashlagan. Tana qismi avval kirish yo‘lagining tomiga urilgan, so‘ng yerga qulagan.

Shifokorlarning ma’lum qilishicha, u “bosh miya yopiq jarohati, chap o‘mrov suyaklari, o‘ng ko‘krak qafasi suyaklari singan, birinchi bel umurtqasida 2–3-darajali kompression sinish, 2-darajali travmatik shok” tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan. Ayni damda bemor intensiv kuzatuv ostida.

Tergovga qadar o‘rganish davomida ma’lum bo‘lishicha, fuqaroning ruhiy holatida 2024-yil oxirlaridan beri o‘zgarishlar kuzatilgan. U psixolog va psixiatrlar ko‘rigidan bir necha bor o‘tkazilgan, ammo doimiy muolajaga jalb etilmagan.

Yunusobod tumani IIO FMB holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv olib bormoqda. Rasmiy bayonotga ko‘ra, holatga huquqiy baho berilib, qonun doirasida chora ko‘riladi.

Mazkur voqea ruhiy sog‘liq va yoshlar orasida psixologik yordamning dolzarbligini yana bir bor ko‘rsatmoqda. Mutaxassislar har qanday tushkunlik yoki ruhiy iztirob holatida yaqinlar bilan muloqot qilish, professional yordamga murojaat etishni tavsiya etishmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yunusobodda 9-qavatdan tushgan yigit omon qoldimi?