
Rossiyada talabalik davrida ota bo‘lgan yoshlar uchun yangi imkoniyatlar paydo bo‘lishi mumkin. Rossiya Liberal-demokratik partiyasi rahbari Leonid Sluskiy Ta’lim va fan vazirligiga murojaat qilib, o‘rta kasb-hunar yoki oliy ta’lim muassasalarida o‘qiyotgan hamda talabalik paytida ota bo‘lgan yoshlarga kontraktdan budjetga o‘tish huquqini berishni taklif qildi.
Sluskiy o‘z murojaatida “LDPR nafaqat o‘qish vaqtida farzand ko‘rgan ayollarga, balki ota bo‘lgan talabalarga ham ushbu imtiyozni berishni taklif qilmoqda. Bu talabalar oliy yoki o‘rta maxsus ta’limni pullik emas, davlat granti asosida olish imkoniga ega bo‘lishlari kerak”, — deb ta’kidladi.
Rossiya Ta’lim va fan vazirligi rahbari Valeriy Falkovga yuborilgan murojaatda ushbu tashabbus ijobiy ko‘rib chiqilsa, minglab talabalar uchun katta yengillik yaratilishi, yosh ota-onalarga ijtimoiy yordam ko‘rsatilishi va ta’limda tenglik kafolatlanishi aytilgan.
Avval Rossiyada faqat o‘qish vaqtida farzand ko‘rgan ayollarga kontraktdan budjetga o‘tish huquqi berilar edi. Yangi taklif qabul qilinsa, talabalik paytida ota bo‘lgan yigitlar ham ushbu imkoniyatdan foydalanishlari mumkin bo‘ladi.
Tashabbus ahamiyati shundaki, talabalikda farzandli bo‘lgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning moliyaviy yukini yengillashtirish va ta’lim imkoniyatlarini kengaytirish orqali ijtimoiy barqarorlikka erishiladi. Masala yuzasidan yakuniy qarorni Rossiya hukumat organlari qabul qiladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar