Toshkent viloyatining Chinoz tumanida yuz bergan oilaviy mojaro fojiali yakun topdi: er-xotin o‘rtasidagi janjal ikki inson hayotiga zomin bo‘ldi. Erkak turmush o‘rtog‘i va qaynonasini pichoq bilan o‘ldirib, 22 yilga ozodlikdan mahrum etildi.
2024-yil 19-mart kuni erkak qaynonasining uyida yashab kelayotgan paytda ayoli bilan janjallashgan. U rafiqasini xiyonatda ayblab, pichoq bilan unga bir necha marta zarba bergan. Voqea joyiga yordamga kelgan qaynonasini ham urib o‘ldirgan.
Pichoq zarbalar oqibatida sinib ketgan, ammo jabrlanganlar hayotini saqlab qolishning iloji bo‘lmagan.
Sud jinoyatchini Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “a, j, o, r” bandlari asosida aybdor deb topib, 22 yilga ozodlikdan mahrum etdi.
Mutaxassislar bu kabi oilaviy nizolarga nisbatan befarq bo‘lmaslik va muammolarni vaqtida hal etish zarurligini eslatmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!