date

Rossiyada qiynalib qolgan oila vatanga qaytarildi

Rossiyada  qiynalib qolgan oila vatanga qaytarildi

Butunjahon odam savdosiga qarshi kurashish kuni arafasida, Rossiyaning Novosibirsk shahrida og‘ir turmush sharoitiga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayol va uning ikki nafar voyaga yetmagan farzandi Vatanga qaytarildi, deb “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston Bosh konsulxonasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligining Novosibirskdagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda ushbu oilani yurtimizga qaytarish bo‘yicha tezkor amaliy chora-tadbirlar amalga oshirilgan.

Oila juda og‘ir hayot sharoitida qolgani sababli ularning zarur hujjatlari, jumladan, bolalar uchun qaytish guvohnomalari davlat tomonidan bepul rasmiylashtirilgan. Shuningdek, ular uchun aviachiptalar ham xarid qilingan.

2025 yil 29 iyul kuni tungi paytda ushbu oila maxsus nazorat ostida O‘zbekistonga kuzatilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Rossiyada qiynalib qolgan oila vatanga qaytarildi