date

Qarzga aroq so‘ragan yigit kaltak yeb vafot etdi

Qarzga aroq so‘ragan yigit kaltak yeb vafot etdi

Toshkent viloyatida aroq olish maqsadida do‘konga kirgan yosh yigit vafot etdi. Jamoatchilikda qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘lgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 1996 yilda tug‘ilgan yigit do‘konga kirib, qarzga aroq so‘ragan. Sotuvchi uning so‘rovini rad etgan va o‘zaro tortishuv yuzaga kelgan. Shu paytda jabrlanuvchi og‘ir haqoratli so‘zlar aytgani bois, do‘konchi uni musht bilan urgan.

— U meni haqorat qildi, men esa o‘zimni himoya qildim. Achinyapman. Yaqinlaridan uzr so‘rayman, — degan sotuvchi.

Zarba oqibatida yigit yerga yiqilib, boshidan jiddiy jarohat olgan. U shifoxonaga yetkazilgan, ammo shifokorlar uning hayotini saqlab qololmagan. Sud tibbiy ekspertizasi xulosasiga ko‘ra, o‘lim boshga kelib urilgan kuchli zarba sababli yuz bergan.

Ayblanuvchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda sud jarayoni davom etmoqda. Bu voqea ikki oila hayotini abgor qilgan va jamiyatda ichkilikbozlikning oqibatlari haqida jiddiy o‘ylashga chorlamoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qarzga aroq so‘ragan yigit kaltak yeb vafot etdi