date

Pora evaziga o‘qishga kiritmoqchi bo‘lgan talaba ushlandi

Pora evaziga o‘qishga kiritmoqchi bo‘lgan talaba ushlandi

Surxondaryo viloyati Termiz shahrida porachilik bilan bog‘liq holat fosh etildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyaning Pskov universitetida tahsil olayotgan talaba o‘z tanishini mazkur oliygohga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan. U bunga yordam berish evaziga 1000 AQSH dollari so‘ragan.

Talaba tomonidan ushbu va’da asosida 12,7 million so‘m pul olingan paytda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan qo‘lga olingan. Hodisa joyida ashyoviy dalillar ham qayd etilgan.

Hozirda mazkur holat bo‘yicha tegishli jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov ishlari olib borilmoqda. Mutassaddilar aybdor shaxsga nisbatan qonun doirasida chora ko‘rilishini ma’lum qilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Pora evaziga o‘qishga kiritmoqchi bo‘lgan talaba ushlandi