date

O‘z vaqtida qaytarilmagan 200 mln. so‘m kredit naqd pulda undirildi

O‘z vaqtida qaytarilmagan 200 mln. so‘m kredit naqd pulda undirildi

Ma’lumki, Bank kreditlari ko‘pchilik hollarda garov evaziga beriladi. Agar kredit olgan shaxs bank oldidagi majburiyatlarini bajarmagan taqdirda sud tomonidan 204 mln. so‘m kredit qarzdorliklarini garovdagi mulkiga qaratish yoki xatlash to‘g‘risida ijro varaqa chiqariladi.

Jumladan, Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudining tijorat banki foydasiga fuqaro M.D. dan kredit qarzi undiruvi bo‘yicha ijro varaqasi byuroning Zarbdor tumani bo‘limiga kelib tushgan hamda ijro ishi qo‘zg‘atilib, taraflarga nusxalari yuborilgan.

Mazkur ijro ishi doirasida qarzdor fuqaro ogohlantirilib, davlat ijrochilari tomonidan ko‘rilgan keskin choralar natijasida mavjud qarzdorlik naqd pulda undirilishi ta’minlandi.

Ushbu pullar qarzdorning ijro hujjatlari yuzasidan mavjud qarzdorligiga yo‘naltirilishi ta’minlandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘z vaqtida qaytarilmagan 200 mln. so‘m kredit naqd pulda undirildi