date

Qozog‘istonlik erkak o‘zi sotgan mashinani o‘g‘irlab ketdi

Qozog‘istonlik erkak o‘zi sotgan mashinani o‘g‘irlab ketdi

Qozog‘istonda juda g‘alati va bir qarashda kino ssenariga o‘xshash voqea ro‘y berdi. Bir necha yil avval o‘z “Lexus” avtomobilini sotgan erkak, ortidan ushbu mashinani o‘g‘irlashga qaror qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, u 2021 yilda o‘zining "Lexus" rusumli mashinasini sotgan. Biroq avtomashinaning ikkinchi kalitini saqlab qolgan. 2024 yilda esa bu kalitdan foydalanib, yangi egasining o‘ziga tegishli deb o‘ylayotgan mashinasini yashirincha ug‘irlab ketgan.

O‘g‘rilik sodir etish arafasida u maxsus “bir martalik” kiyim va niqob kiygan. Yo‘lda ko‘zga ko‘rinmaslik uchun yangi kiyimlarni kiyib, so‘ngra ushbu liboslarni tashlab ketgan. Ammo politsiyadagilar uni tez orada qo‘lga olgan.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Avtomashina esa o‘zining haqiqiy yangi egasiga qaytarildi.

Bu holat, ko‘pchilikni hayratga solgan bo‘lsa-da, avtomashina sotilganda barcha kalitlarni topshirish qanchalik muhim ekanligini yana bir bor isbotladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qozog‘istonlik erkak o‘zi sotgan mashinani o‘g‘irlab ketdi