date

Andijonda hibsxona boshlig‘i nima sababdan ishdan olindi?

Andijonda hibsxona boshlig‘i nima sababdan ishdan olindi?

Andijon viloyati Izboskan tumani IIB Vaqtincha saqlash hibsxonasining 6 nafar xodimiga nisbatan intizomiy choralar qo‘llandi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, mazkur intizomiy chora joriy yilning mart oyida ushbu vaqtincha saqlash hibsxonasi (VS'H)dagi sharoitlarni o‘rganish natijalariga ko‘ra belgilangan.

Gap shundaki, o‘rganishlar natijasida hibsxonada sanitariya-gigiyena va moddiy-texnik ta’minotga oid jiddiy kamchiliklar, kanalizatsiya tizimi bilan bog‘liq muammolar borligi va ayrim mahbuslarni majburiy mehnatga jalb qilish holatlari qayd etilgan.

Ombudsman tomonidan ushbu holatlar bo‘yicha Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasiga kamchiliklarni bartaraf etish va shu kabi holatlar takrorlanmasligi uchun tegishli choralar ko‘rilishini so‘radi.

Ombudsmanga ma’lum qilinishicha, monitoring yakunlariga ko‘ra 6 nafar xodimga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlangan va ularga intizomiy choralar qo‘llanilgan. Jumladan, 1 nafar xodim Intizomiy kengash muhokamasiga qo‘yilgan, 2 nafar xodimga tanbeh, 2 nafariga esa hayfsan intizomiy jazolari berilgan. VS'H rahbari esa Ichki ishlar organlaridan o‘z arizasiga ko‘ra bo‘shatildi.

«Hozirda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha ishlar boshlangan bo‘lib, ularning to‘liq hal etilishi bo‘yicha Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) doimiy nazoratini olib boradi», – deyiladi xabarda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Andijonda hibsxona boshlig‘i nima sababdan ishdan olindi?