Qashqadaryoda maktab o‘quvchisi yuk mashinasida ushlandi— video

1 daqiqa o'qish1.3K
Qashqadaryoda maktab o‘quvchisi yuk mashinasida ushlandi— video

Qashqadaryoda maktab o‘quvchisi yuk mashinasini haydayotgan paytda ushlandi. Bu voqea ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati bu holat yuzasidan rasmiy izoh berdi.

Ma’lum qilinishicha, hodisa yuzasidan huquq-tartibot organlari tezkor tekshiruv o‘tkazishgan. Unga ko‘ra, voyaga yetmagan, haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan bola haqiqatan ham yuk mashinasini boshqarib ketayotgani aniqlangan. Uning maktab o‘quvchisi ekani ham tasdiqlangan.

Hayratomuz holat shundaki, yuk mashinasi Angrendan Qashqadaryo viloyatiga harakatlangan va ma’lum bir nuqtada to‘xtagan. Ana shu paytda, haydovchining yaqini — jiyani bo‘lgan maktab o‘quvchisi ruksati bo‘lmasdan, rulga o‘tirgan. Uning bu qilmishi biroz vaqt o‘tgach atrofdagilar tomonidan videoga olinib, ijtimoiy tarmoqlarga joylanadi.

Vaziyatga daxldor bo‘lgan profilaktika inspektorlari zudlik bilan bolakay bilan suhbat o‘tkazgan va ota-onasiga nisbatan tegishli qoidalar asosida rasmiy bayonnoma tuzgan. Qonun buzilishi yuzasidan barcha hujjatlar rasmiylashtirilgan.

Shuningdek, bola haydayotgan yuk mashinasi hozirda maxsus maydonchaga olib ketilgani ma’lum qilindi.

Mas’ullar bu kabi holatlarning oldini olish uchun fuqarolarni o‘z farzandlarining harakatlarini qat’iy nazorat qilishga chaqirishmoqda. Yosh bolalarning ruksati bo‘lmasdan transport vositasini boshqarishi nafaqat qonunbuzarlik, balki juda xatarli oqibatlarga olib kelishi mumkinligi ta’kidlanmoqda.

Ishonilsaki, bu holat boshqalarga saboq bo‘ladi va bolalar xavfsizligi hamda jamiyat tinchligiga nisbatan mas’uliyatli munosabat kuchayadi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?