Marg‘ilonda 2,5 yoshli bolani bosib ketgan ayolga hukm o‘qildi

1 daqiqa o'qish1.8K
Marg‘ilonda 2,5 yoshli bolani bosib ketgan ayolga hukm o‘qildi

[img]https://zamin.uz/u

Marg‘ilon shahrida ko‘p qavatli uylar orasida o‘ynab o‘tirgan 2,5 yoshli bolani avtomashinasi bilan bosib o‘tgan 55 yoshli haydovchiga nisbatan sud hukmi e’lon qilindi. Bu haqda Ruxsor TV telekanali xabar berdi.

Hodisa Zuxro ko‘chasida sodir bo‘lgan. Abubakr Akramjonov ismli bola ko‘p qavatli uy yo‘lagida o‘ynab o‘tirar ekan, shu mahallada yashovchi ayol Gentra rusumli avtomashinasida kelib, bolani bosib o‘tgan. Natijada bola og‘ir jarohat olib, shifoxonaga yotqizilgan.

«Bilganimda to‘xtardim…»

Sudda haydovchi o‘sha kuni yaqin qarindoshining uyiga ketayotganini, yo‘lda bolani ko‘rmaganini va hech qanday ovoz eshitmaganini aytdi.
— «Bilganimda, albatta, to‘xtardim. Masalan, itni ezib ketsangiz ham to‘xtaysiz-ku. Yig‘laganini ham eshitmabman. Kamera orqali ko‘rgandim, shundagina o‘zim ekanimni bildim», — degan u.

Ayol 5 yil avval haydovchilik guvohnomasi olganini va tajribasi ozligini ham aytib o‘tgan.

Marg‘ilonda 2,5 yoshli bolani bosib ketgan ayolga hukm o‘qildi

Otasi — «Farzandim ko‘chadan qo‘rqadi»

Bolaning otasi sudda farzandining na faqat jismoniy, balki ruhiy holati ham o‘zgarganini bildirdi.
— «Biror gap aytsangiz, qo‘rqib ketadi. Ko‘chaga olib chiqsak, mashina ko‘rsa, uyga kirib ketadi. Ilgarigiday o‘ynashni istamaydi», — dedi u.

Ota suddan haydovchiga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni, moddiy va ma’naviy zararni qoplab berishni so‘radi.

Marg‘ilonda 2,5 yoshli bolani bosib ketgan ayolga hukm o‘qildi

Sud qarori

Sud haydovchini Jinoyat kodeksining 117-moddasi 1-qismi («Xavf ostida qoldirish») va 266-moddasi 1-qismi («Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish») bo‘yicha aybdor deb topdi.

Unga 2 yil muddatga barcha turdagi transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum qilish va uydan chiqishini butunlay cheklash orqali 2 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. Shuningdek, haydovchidan bolaning otasiga 2 mln 350 ming so‘m moddiy va 25 mln so‘m ma’naviy zarar undirilishi belgilandi.

YTH tafsilotlari

Ma’lumotlarga ko‘ra, YTH 2025 yil 10 may kuni sodir bo‘lgan. Ko‘p qavatli uylar orasida sekin harakatlanayotgan mashina yo‘l chetida o‘ynab o‘tirgan bolani bosib o‘tgan. Old g‘ildirak bolaning ko‘kragini, orqa g‘ildirak esa tos qismini ezgan. Haydovchi bolaning baqirishini eshitmagan holda hodisa joyidan ketib qolgan.

ploads/posts/2025-08/dad88e41f3_ai3.webp[/img]

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?