O‘zbekistonda ayrim shaxslar uchun mamlakatdan chiqish vaqtincha cheklanishi mumkin. Bu qoida qamoqqa olinmagan, ammo suddan yashirinishi mumkin bo‘lgan gumonlanuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchilarga taalluqli. Bu haqdagi yangi qonunchilik o‘zgarishlari kuchga kirdi.
Yangi tartibga ko‘ra, agar shaxs sud jarayonidan uzrli sababsiz qochishi mumkin degan asoslar mavjud bo‘lsa, sud uning chetga chiqish huquqini vaqtincha cheklashi mumkin. Bu cheklov shaxs hibsda bo‘lmasa ham qo‘llanishi mumkin. Prokuror, tergovchi yoki surishtiruvchi tegishli iltimosnoma kiritadi.
Sud iltimosnomani kelib tushganidan 8 soat ichida yopiq majlisda ko‘rib chiqishi shart. Shundan so‘ng chetga chiqish huquqini vaqtincha cheklash yoki rad etish haqida qaror chiqaradi. Ushbu qaror ustidan 48 soat ichida shikoyat yoki protest berish mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!