date

Sanepid idorasi muzqaymoq haqidagi asossiz xabarlarga oydinlik kiritdi

Sanepid idorasi muzqaymoq haqidagi asossiz xabarlarga oydinlik kiritdi

O‘zbekiston Sanepidqo‘mitasi ayrim tarmoqlarda tarqalgan “muzqaymoq insonni o‘limga olib kelishi mumkin” degan xabarlarni asossiz deb rad etdi, deb Kursiv.media xabar berdi.

Idoraning ma’lum qilishicha, mamlakatda savdoga chiqarilayotgan muzqaymoqlar sanitariya talablariga to‘liq javob beradi. Barcha mahsulotlar sotuvga chiqishdan oldin tekshiruvdan o‘tkaziladi.

Shu bilan birga, qo‘mita aholiga asossiz xabarlarga ishonmaslik va rasmiy ma’lumotlarga tayanishni tavsiya qildi. Mazkur xabarlar aholida asossiz xavotir uyg‘otgani ta’kidlandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sanepid idorasi muzqaymoq haqidagi asossiz xabarlarga oydinlik kiritdi