Azon Global asoschisiga nisbatan sud Toshkentda boshlandi

1 daqiqa o'qish917
Azon Global asoschisiga nisbatan sud Toshkentda boshlandi

Uchtepa tuman sudi Azon Global asoschisi Alisher Tursunov (Mubashshir Ahmad) bo‘yicha jinoyat ishini koʻrishni boshladi, deb Kursiv xabar berdi. Majlis ochiq tarzda oʻtmoqda va unga sudya Bobir Rahimov raislik qilmoqda. Oʻzbekiston Oliy sudi matbuot xizmati bu haqda ma’lum qildi.

Ayblovga koʻra, milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovatni qoʻzgʻatishda ishtirok etilgan. Shuningdek, OAV orqali jamoat xavfsizligiga tahdid soluvchi materiallarni tayyorlash va tarqatish ayblari qoʻyilgan. Bundan tashqari, diniy materiallarni noqonuniy aylantirish bilan bogʻliq modda ham qoʻllangan.

Ushbu moddalar boʻyicha jazo choralari jarima va tuzatish ishlaridan tortib, 3 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum etishgacha koʻzda tutiladi. Ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olish tanlangan. Sud majlisida taraflarning bayonotlari eshitilib, dalillar oʻrganilmoqda.

Alisher Tursunov 1974-yil Namanganda tugʻilgan. Toshkent islom instituti va Qohiradagi al-Azhar universitetini tamomlagan, shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufda ta’lim olgan. 2017-yilda “Azon New Media”ni (sayt, radio, onlayn TV) asos solgan.

2023-yil avgustda loyiha yopilganini e’lon qilgan, keyinroq toʻrt tilda faoliyat yurituvchi “Azon Global” portali ishga tushgan. 2023-yil oxirida Turkiyada ushlangan va deportatsiya markaziga joylashtirilgan, 2024-yil fevralda ozod qilingan. 2025-yil may oyida qayta ushlanib Oʻzbekistonga deportatsiya qilingan, dastlab unga JK 244−2-moddasi qoʻllangan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?