Samarqand shahrida avto mashinalar uchun qalbaki moy va to‘xtash suyuqliklarini tayyorlayotgan yashirin sex faoliyati fosh etildi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish maqsadida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida mazkur holat aniqlangan.
Tekshiruv paytida fuqaro K.R. va boshqalar tomonidan “O‘zbekiston 3-berk” ko‘chasidagi bir uy ijaraga olinib, unda yashirin ishlab chiqarish sexi tashkil qilingani maʼlum bo‘ldi.
Sexda “Felix”, “Sibiria” va “Rosdot” brendlari nomi ostida avto moylar, tormoz suyuqliklari va antifriz kabi mahsulotlar tayyorlanib, sotish uchun tayyorlanar edi.
Bundan tashqari, ular umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga noqonuniy ravishda ulanib, 245 million so‘mlik elektr energiyasini talon-toroj qilgani ham qayd etilgan.
Aniqlangan holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari asosida jinoyat ishi qo‘zg‘atildi va hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!